Arab harflari
Harflarni shakli, nomi va to‘g‘ri maxraji bilan 0 dan o‘rganamiz.
Qurro Kids — 4–12 yoshli bolalar uchun arab harflari, fonetika va tajvid asoslarini 0 dan o‘rgatuvchi 2 oylik tizimli dastur.
Bolaga mos ta’lim
yosh, til va bosqich hisobga olinadi

Murakkab mavzular kichik, tushunarli va bolaga qiziq bo‘lgan qadamlarga bo‘lingan.
Harflarni shakli, nomi va to‘g‘ri maxraji bilan 0 dan o‘rganamiz.
Har bir tovushni eshitish, farqlash va ravon talaffuz qilishni mashq qilamiz.
Qur’on tilovatiga kerak bo‘ladigan asosiy qoidalarni bolalar tilida tushuntiramiz.
Dars kitobi mavzuni tushuntiradi, ustoz to‘g‘ri talaffuzni ko‘rsatadi, uyga vazifa esa bilimni mustahkamlaydi.
Ko‘ramiz va eshitamizHarfni taniymiz, maxrajini ustoz bilan takrorlaymiz.
Mashq qilamizDars va uyga vazifa kitoblari bilan mustahkamlaymiz.
Keyingi bosqichga o‘tamizQur’on yodlash va ijoza yo‘nalishiga tayyorlanamiz.
Chet elda yashayotgan musulmon oilalari uchun ham qulay: bola o‘ziga yaqin tilda bilim oladi.
Arab harflarini bilmasa ham, 0 dan boshlab ketadi.
Farzandiga tizimli diniy ta’lim izlayotgan ota-onalar uchun.
4–12 yoshga tushunarli til, ko‘rgazmali kitob va muntazam mashq.
Sinov versiyasidagi asosiy savollarni shu yerga jamladik. Keyinroq aloqa va to‘lov ma’lumotlari ham qo‘shiladi.
Qurro Kids dasturi 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan.
Yo‘q. Dastur harflarni umuman bilmaydigan bola ham 0 dan boshlashi uchun tuzilgan.
Boshlang‘ich bosqich 2 oy davom etadi. Unda arab harflari, fonetika va tajvid asoslari o‘rganiladi.
Dastur o‘zbek, rus, qirg‘iz va ingliz tillarida olib borilishi rejalashtirilgan.
Birinchi bosqichdan keyin Qur’on yodlash va rasmiy ijoza yo‘nalishlariga davom etish imkoniyati bo‘ladi.
Sinov darsi orqali dastur bilan yaqindan tanishing.